“Raqamli avlod-2022” IT oromgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi, “Zamin” Xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT bilan hamkorlikda “Raqamli avlod-2022” IT oromgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Agentlik direktori Hilola Umarova ochib berdi:

- So‘nggi yillarda axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar ko‘payib borayotgani quvonarli holat. Ustoz-shogird an’anasi asosida 6 kun davomida ishtirokchilar IT sohasini chuqurroq va yaxshiroq o‘rganishlariga aminman. Umid qilamanki, mashg‘ulotlar davomida egallagan bilimlaringiz kelgusidagi faoliyatingizda ham asqatadi.

Oromgohda zaif eshituvchi yoshlar va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishmoqda.

Mahorat darslari quyidagi yo‘nalishlar kesimida bo‘lib o‘tmoqda:

- Flutter

- .NET

- Python

- React.js

Ma’lumot uchun, IT oromgoh 30-avgust kuniga qadar davom etadi.