“Raqamli avlod IT oromgohi” tadbirining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 30-avgust kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT tomonidan tashkil etilgan “Raqamli avlod IT oromgohi” tadbirining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda faol ishtirokchilar va “Hackathon” (Respublika dasturchilar musobaqasi) g‘oliblari taqdirlandi.

Tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, ishtirokchilarni tabrikladi:

“Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida bunday tadbirlarning tashkil etilishi yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan ulkan e’tibordan darakdir. Sizlar bizning umidimizsiz. Har biringizni bu yerda ko’rib turganimdan xursandman. Omad doimo yor bo'lsin”.

Ma'lumot o'rnida, Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Raqamli avlod IT oromgohi” 23-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar Web-dasturlash, .NET dasturlash, 2D dizayn, Raqamli media va marketing, Robototexnika kabi yo'nalishlar bo'yicha bilim olishdi.