"Raqamli avlod qizlari-2022" IT oromgohining yopilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari va "Digital Generation Uzbekistan" tomonidan tashkil etilgan "Raqamli avlod qizlari-2022" IT oromgohining yopilish marosimi bo'lib o'tdi. 

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- O'z ustingizda tinimsiz ishlashga bo'lgan intilishingiz tahsinga sazovor, aziz qizlar.  "Raqamli avlod qizlari" bu yil ikkinchi marta o'tkazilmoqda va quvonarlisi, biz bu yil yanada ko'proq ishtirokchilarni qamrab ololdik. Umid qilamanki, siz bu yerda o'rganganlaringizni boshqa qizlarga ham o'rgatasiz. Bu yo'lda barchangizga muvaffaqiyat yor bo'lsin.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi va eng yaxshi loyiha mualliflari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Eslatib o'tamiz, "Raqamli avlod-2022" IT tadbiri 28-fevral-4-mart kunlari bo'lib o'tdi. Ishtirokchilar 5 ta yo'nalish bo'yicha tahsil olishdi.