Raqamli Avlod Qizlari 2022 - Ro'yxatdan o'tish boshlandi

IT sohasiga qiziquvchi qizlar uchun ajoyib yangilik! Raqamli Avlod Qizlari loyihasining bu yilgi mavsumiga start beramiz! Loyiha davomida Dasturlash (mobil), Raqamli Dizayn (fashion), SMM&PR, Branding va Biznes Analitika bo'yicha tajribali mentorlarimiz tomonidan professional darslar va xalqaro kompaniyalar ekspertlarining mahorat darslari tadbir ishtirokchilarini kutmoqda! 

Qiziqyapsizmi? Unda, ro'yxatdan o'ting va dasturchi qizlarning eng yirik hamjamiyatiga qo'shiling!

Tadbir manzili:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktab

Ro'yxatdan o'tish muddati:
24-fevral, 2022-yil

Ro'yxatdan o'tish va batafsil ma'lumot
ladies.digitalgeneration.uz

PS: Tadbir yakunida har bir yo'nalishning eng faol va g'olib ishtirokchilarini qimmatbaxo sovg'alar kutmoqda (noutbuk, televizor, v.h.k)