Respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida asosiy olimpiadaning uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 3-9-noyabr kunlari respublika hududlarida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu olimpiadalarda respublika bo‘yicha jami 15 937 nafar o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shulardan 10 053 nafari Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilarini tashkil etadi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida  Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar tomonidan tavsiya etilgan 3 nafargacha o‘quvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishlari belgilangan.