Samarqand viloyatida Muhammad al-Xorazmiy maktabining filiali ochildi

#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Farmon_ijrosi_amalda 

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Samarqand tuman hokimi S.Usmonov, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Samarqand tumanida barpo etilgan mazkur maktab-internat 504 o‘ringa mo‘ljallangan.

Unda 58 ta o‘quv xonasi, 6 ta kompyuter xonasi, 6 ta laboratoriya va 7 ta xorijiy til xonasi, 250 o‘rinli faollar zali, sport zal, kutubxona va 250 o‘rinli oshxona mavjud.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining filiallari 13 ta hududda tashkil etilishi belgilab o’tilgan.