SEMINAR-TRENINGLARNING OFFLAYN QISMI YAKUNLANDI

Nottingham Trent universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro-seminar treninglarning offlayn qismi o'z nihoyasiga yetdi.

Unda Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ingliz tili o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar-treninglar doirasida bugun:

ingliz tili darslarida formativ baholash,
ingliz tili o'qituvchilari uchun onlayn kurslarni tashkil etish mavzularida darslar bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Macmillan nashriyot uyi tomonidan ingliz tilidagi kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi va o'qituvchilar uchun kitoblar taqdim etildi. 

Mashg'ulotlarning onlayn qismi yana 8 hafta davom etadi.