SHAYXONTOHUR TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI YANGI O‘QUV BINOSIGA EGA BO‘LDI

#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

📣 SHAYXONTOHUR TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI YANGI O‘QUV BINOSIGA EGA BO‘LDI

✅  Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2023-2024-o‘quv yilini yangi o‘quv binosida boshladi.

 Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan hamda 672 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabda o‘quvchilarga 65 nafar pedagog tahsil berib kelishmoqda. Yangi binoda 55 ta sinf xonasi mavjud bo‘lib, fizika, kimyo, biologiya fanlariga mo‘ljallangan laboratoriyalar zamonaviy tarzda jihozlangan.  

✅ O‘quv maskanidagi mavjud 28 ta sinfning 22 tasi aniq (matematika, fizika, ingliz tili) va 6 tasi tabiiy ( kimyo, biologiya va ingliz tili) fanlarga ixtisoslashgan.

📍Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan ushbu ta’lim dargohida xitoy tili ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladi. 

🟢 Maktabning iqtidorli bitiruvchi-o‘quvchilari joriy yilda qator xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlariga talabalikka qabul qilindi.