Sirdaryo viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi

#seminar_trening
#baholash_tizimi 

✅ Sirdaryo viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari pedagog-xodimlari tomonidan biriktirilgan  tajriba-sinov maktablarida prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning tajribasini, jumladan baholash tizimini tatbiq etilishi yuzasidan seminar-trening tashkil etildi.

⚡️ Ushbu maktablar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 16-avgustdagi “Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi 248-sonli buyrug‘iga muvofiq tanlab olingan. 

🟢 Sirdaryo viloyatidagi 22 ta umumtaʼlim maktablari tajriba-sinov maktablari hisoblanadi. 

✔️ Belgilangan 22 ta umumta'lim maktablarining 95 nafar o‘qituvchilari uchun Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida fanlar kesimida ochiq darslar tashkil etilib, o‘qituvchilar bilan muloqot o‘tkazildi.

⏰ Shuningdek, pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berildi.