So‘ragan edingiz

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga imtihonlar qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarning yoshi va maktabda o'qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?

✅Mazkur maktablarga kirish imtihonlari o'quvchilarning yoshiga mos tarzda, maktab darsliklari asosida tashkil etiladi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda qaysi fanlar o'quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda o'rgatiladi?

✅Agentlik tizimidagi aniq fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari, tabiiy fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga esa kimyo, bilogiya va ingliz tili fanlari o'quvchilarni ikki guruhga bo'lgan holda tashkil etiladi.

📞Call-markaz: 1206