So‘ragan edingiz

❓Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabga imtihon topshirib, 47 ball oldim. Lekin o‘qishga kira olmadim. Yakkabog‘ tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga bundan past ball o‘lganlar ham qabul qilingan. Mening balim yuqori bo‘la turib o‘qishga kira olmasligim mumkinmi? 

✅Hududlardagi har bir maktabning kvotasi va konkursidan kelib chiqib, o‘tish ballari tubdan farq qiladi. Shu sabab, bir hududda (masalan, Qorako‘ldagi maktab) ball o‘ta yuqori bo‘lishi, boshqa hududda esa ball nisbatan past bo‘lishi mumkin.