So'nggi qo'ngiroq jaranglari davom etmoqda

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Oq yo'l bitiruvchi” nomli bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir o'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va kuy-qo'shiqlarga boy bo'ldi.Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda  ham so'nggi qo'ng'iroq tadbiri ko'tarinki ruhda o'tdi. Tadbir so'ngida maktabni a'lo baholarga tamomlagan o'quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida  “Vatanga xizmat-oliy saodat” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarning ota-onalari hamda viloyat hokimligi vakillari ishtirok etishdi. 

Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ustozim sizga ta'zim!" nomli so'nggi qo'ng'iroq tadbiri bo'lib o'tdi.