Steve King, Cambridge Assessment International Education tashkilotining Ta’lim yoʻnalishi boʻyicha bosh maslahatchisi

Steve King,
Cambridge Assessment International Education tashkilotining Ta’lim yoʻnalishi boʻyicha bosh maslahatchisi:

- Bu yil biz ilk bora Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda Kembrijning bir qator darsliklarini o‘zbek tiliga tarjima qilish ustida ish boshladik. 

Bu darsliklar fizika va biologiya fanlaridan bo‘lib, Agentlik tizimidagi bir qator ixtisoslashtirilgan maktablarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. 

Aytish joiz – tarjima jarayonlari Kembrijning nashr etish bo‘yicha mutaxassislari tomonidan ko‘zdan kechiriladi va qo‘yilgan sifat talablariga mosligi tekshiriladi. 

Mazkur darsliklar 2023-yilning sentabr oyidan boshlab foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. 

Cambridge Assessment International Education tashkiloti mazkur jarayonlardan judayam xursand ekanligini alohida ta’kidlashim lozim. 

Zero, bu ikki tomonlama aloqalarning yanada kengayayotganligidan darak beradi. 

Agentlik bilan o‘zaro hamkorligimiz o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan treninglar hamda A-level imtihonlaridan tashqari o‘quv metodik qo‘llanmalarni tarjima qilish orqali yangi bosqichga ko‘tarilayotganligi quvonarli holat, albatta.