Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi

Ayni paytda amaliy tashrif bilan O'zbekistonda bo'lib turgan Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi. 

Unga  Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov va Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev hamrohlik qilishdi.

❗️Uchrashuv davomida mehmonlarga Prezident maktabi faoliyati, maktab hayoti hamda o'quvchilar tomonidan erishilgan yutuqlar haqida ma'lumot berildi. 

📌Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov o'quvchilar bilan suhbatlashdi va yaratilgan sharoitlar hamda Prezident maktablari loyihasini  alohida e'tirof etdi.