“TED ed al Khwarizmi” loyihasining yakuniy taqdimot bosqichi va taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “TED ed al Khwarizmi” loyihasining yakuniy taqdimot bosqichi va taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Mazkur loyiha o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish va ularda ingliz tilidagi notiqlik san’atini rivojlantirishga qaratilgan.

Unda 400 nafar ishtirokchi orasidan saralab olingan 15 nafar spiker o’zlari tanlagan mavzuda yig'ilganlarga taqdimot qilishdi.

Loyihada Agentlik tizimidagi va umumta'lim maktablari o'quvchilari ishtirok etishdi.

Ma'lumot o'rnida, TED education loyihasi butun dunyoda o'tkaziladi. Unda ishtirokchilar riyoziyot, falsafa, ilm-fan va informatsion texnologiyalar kabi mavzularda ingliz tilida o'z notiqlik san'atini namoyish etishadi.