"TESOL Arabia" 26-xalqaro konferensiya va ko‘rgazmasi ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsuli Alisher Salomov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Xabar berganimizdek, Prezident taʼlim muassasalari agentligi delegatsiyasi "TESOL Arabia" 26-xalqaro konferensiya va ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo'lib turibdi.

Bugun delegatsiya vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsuli Alisher Salomov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida Bosh konsul BAAning taʼlim sohasidagi tajribasi, O‘zbekiston va BAAdagi o‘qitish metodikalarining o‘xshash hamda farqli tomonlari haqida maʼlumot berib o‘tdi. 

Uchrashuv so'ngida Agentlik va Bosh konsulxona o‘rtasida taʼlim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, Dubaydagi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Hozirda delegatsiya a'zolari tomonidan xalqaro konferensiya uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.