TESOL Arabia 26-xalqaro konferensiyasida Agentlik delegatsiyasi nomidan Nargiza Kuchkarova nutq so'zladi

Xabar berganimizdek, Agentlik delegatsiyasi ishtirok etayotgan TESOL Arabia 26-xalqaro konferensiyasida delegatsiya nomidan Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo'limi boshlig'i Nargiza Kuchkarova nutq so'zladi.

Nutq "O'qituvchilarning kasbiy rivojlanishidagi yangi paradigma" mavzusiga bag'ishlangan.

Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'qituvchilarining malakasini oshirish va kasbiy rivojlantirish imkoniyatlari haqida yig'ilganlarga taqdimot qilindi.

Shuningdek, Nargiza Kuchkarova o'z nutqida:

Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari va tashkilotlar;
Agentlik qoshida tashkil etiladigan malaka oshirish tizimi - PDQ dasturi;
Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan tashkil etilgan "Zamonaviy trener" haftaligi haqida ma'lumot berdi.

Konferensiya davom etmoqda.