TEZ ORADA KIMLAR ITALIYAGA BORISHI ANIQ BO'LADI

 

Xabaringiz bor, Agentlik tizimidagi maktablar o’quvchilari  “Diplomacy Education” tanlovida g'olib bo'lish uchun bellashishmoqda.

Bugun tanlovning yakuniy bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Unda ishtirokchilar “Do you have what it takes to be a global citizen?” mavzusida taqdimot qilishdi.

Tanlov gibrid shaklda o'tkazilib, Toshkent shahrida joylashgan maktablardan qatnashayotgan talabgorlar unda offlayn ishtirok etishdi.

Tanlovning yakuniy bosqichida 30 nafar talabgor qatnashgan, natijalarga ko'ra ulardan 10 nafari saralab olinadi.

Ma'lumot o'rnida, mazkur tanlov Prezident ta’lim muassasalari agentligi, O’zbekiston Respublikasining Italiyadagi elchixonasi va Italiyaning “Global Action” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.