Huawei vakillari bilan uchrashuv

Bugun Huawei Tech Invesment Tashkent direktori Chen Jiakai va kompaniyaning PR menejeri Alexandra Nabiyeva Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo'lishdi. 

Mazkur uchrashuv Prezident maktablarida yangi joriy etilgan fan – Biznes va iqtisodiyot fani doirasida tashkil etildi.

Undan ko‘zlangan maqsad ushbu fan doirasidagi bilimlarni o‘zlashtirishda faqatgina nazariya bilan cheklanmay, amaliy bilimlarni ham egallashga qaratilgan. 

Uchrashuv davomida biznes va marketing strategiyalari, xususan Huawei kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirishi, kompaniya tarixi haqida so‘z bordi.

Shuningdek, o‘quvchilar mazkur kompaniya haqida tayyorlagan ma’lumotlarini taqdimot qilishdi.

Uchrashuv qizg‘in savol-javoblarga boy holda o‘tdi. O’quvchilar biznes amaliyoti haqida yana ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.