Uorik universiteti bilan uchrashuv

Bugun Buyuk Britaniyaning Uorvik universiteti universiteti (University of Warwick) vakillari – professor Toni Liddikout, Djonatan French va Jeyson Andersonlar Prezident ta’lim muassasalari agentligida bo‘ldi. 

Unda mazkur xorijiy universitet va Prezident ta’lim muassasalari agentligi, xususan Agentlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi  o’rtasida pedagoglar malakasini oshirish borasida o’zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Uorvik universiteti universiteti Buyuk Britaniyaning eng nufuzli top 20 ta universitetlari ro‘yxatida turadi ("Russel group" a’zosi). Akademik ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha Oksford va Kembrijdan keyin dunyoda 3 o‘rinda turadi.