TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA

#ishchi_guruh
#Navoiy

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ishchi guruhi tomonidan hududlardagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyati joyiga borib o‘rganilmoqda. 

Xususan, Agentlik direktorining maslahatchisi E.Karimova Navoiy viloyatidagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari faoliyatini yaqindan oʻrganib, aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish yuzasidan metodik tavsiyalar berdi. 

Agentlik direktorining maslahatchisi maktablardagi oʻqituvchi va oʻquvchi-yoshlar bilan muloqotda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, fan, robototexnika va "Teatr - ibratxonadir" shiori ostida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyatini yanada kengaytirish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Taʼlim maskanlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan suhbatlashib, ularning kelgusidagi rejalari va tanlagan kasblari haqida fikr almashdi.