To‘xtamurod Jumayev nomidagi Qorako‘l matematika olimpiadasining Respublika bosqichida 15 nafar o‘quvchimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 30 oktyabr kuni To‘xtamurod Jumayev nomidagi Qorako‘l matematika olimpiadasining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur olimpiadaga Prezident taʼlim muassasalari agentligining 100 nafarga yaqin o‘quvchilari ishtirok etishdi. Ushbu o‘quvchilar dastlab olimpiadaning viloyat bosqichida g‘olib bo‘lib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan edi.

Olimpiadada jami 21 ta o‘rin bo‘lib, shundan 15 tasi Agentlik tizimidagi Prezident, tayanch ixtisoslashtirilgan hamda yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Jumladan, Agentlik tizimidagi maktablarning natijalari quyidagilardan iborat:

-         6 ta 1-o‘rin,

-         3 ta 2-o‘rin,

-         6 ta 3-o‘rin.

Qo‘lga kiritilgan natijalar maktablar:

-         Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 5 ta o‘rin,

-         Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktab – 3 ta o‘rin,

-         Toshkent shahridagi Prezident maktabi – 1 ta o‘rin,

-         Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab – 1 ta o‘rin,

-         Buxoro shahridagi Prezident maktabi – 1 ta o‘rin,

-         Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktab – 1 ta o‘rin,

-         Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab – 1 ta o‘rin,

-         Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktab – 1 ta o‘rin,

-         Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat – 1 ta o‘rin.