Toshkent Prezident maktabida Qurilish vazirligi vakillari bilan uchrashuv

Bugun, 10-noyabr Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Qurilish vazirligi vakillari tashrif buyurishdi. 

Tashrif davomida mehmonlar maktab faoliyati va o’quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so’ng, o’quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, o’quvchi yoshlar qurilish sohasida amalga oshirilayotgan innovatsion g’oyalar va vazirlik faoliyati haqida tushuncha va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. 

Uchrashuv yakunida vazirlik vakillari tomonidan maktab ma’muriyatiga tashakkurnoma taqdim etildi.