TOSHKENT VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

#toshkent_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️TOSHKENT VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

🗺 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Toshkent viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

✅ Ta'kidlash lozim, Toshkent viloyatida 13 ta obyekt shundan, Angren, Bekobod, Yangiyo‘l, Ohangaron shaharlarida hamda Bekobod, Bo‘ka, O‘rtachirchiq, Parkent, Bo‘stonliq, Zangiota, Quyichirchiq, Chinoz, Oqqo‘rg‘on tumanlarida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Avgust oyi holatida qurilish-ta’mirlash ishlari 11 ta obyektda yakunlangan bo‘lib, 2 tasida (Yangiyo‘l shahar va Bo‘stonliq tumani) avgust oyining so‘ngiga qadar ta’mirlash ishlarini yakunlash rejalashtirilgan.

📝Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.