Trener-kutubxonachilar uchun “Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi 

#seminar

⚡️ Trener-kutubxonachilar uchun “Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi 

📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5188-son qarorida belgilangan  vazifalarning ijrosini bajarish, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni o‘z vaqtida darsliklar bilan ta’minlash hamda kutubxonachilar faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida, Nurafshon shahridagi Prezident maktabida trener-kutubxonachilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi. 

 ❗️Ma'lumot uchun, joriy yilning 9-iyun kuni hududlardagi Prezident maktablarida Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

⏰ Ushbu seminarda yangi o‘quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi,  kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi,  kitobxonlikni targ‘ib qilishning noan’anaviy usullari haqida so‘z yuritildi.