Umidaxon Usmonova AQSHning Fulbright TEA o‘qituvchilar almashinuv loyihasida ishtirok etmoqda

 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining Zamonaviy yondashuv fani o‘qituvchisi Umidaxon Usmonova AQSHning Fulbright TEA o‘qituvchilar almashinuv loyihasida ishtirok etmoqda.

Loyiha doirasida Umidaxon Usmonova Bozeman High School'da bo‘lib o‘tgan "The World Culture Fair" ko‘rgazmasida ishtirok etib, O‘zbekiston tarixi va madaniyati haqida nutq so‘zladi. 

Ma’lumot uchun, Fulbright TEA (Fulbright Teaching Excellence and Achievement) loyihasi ingliz tili, matematika, science va ijtimoiy fanlar o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturi hisoblanadi.

Loyiha doirasida ishtirokchi o'qituvchilar 6 hafta davomida AQSHdagi ta’lim muassasalarida bo‘lishadi.