UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lishdi

UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xon va UNICEF tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lishdi. 

Mehmonlarni Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktor o‘rinbosari Dilshod Kenjayev kutib oldi.

Uchrashuv davomida mehmonlar o‘quvchilarning maktab faoliyati bilan tanishishdi va asosiy dars soatlaridan keyingi mashg‘ulotlar, to‘garaklar faoliyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi. 

Ma'lumot o‘rnida, ushbu mehmonlar "Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi"da ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishgan.