“YANGI O‘ZBEKISTON” TALABALARI ENDI “UZBEKISTAN GTL”DA HAM AMALIYOT O’TASHADI

Xabar berganimizdek, bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbariyati va  “Yangi O‘zbekiston” professor-o'qituvchilari hamda talabalari “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi “Uzbekistan GTL” zavodida bo‘lishdi.

Talabalar zavodning mas'ul xodimlari tomonidan "Uzbekistan GTL" bo‘ylab tashkil etilgan ekskursiyada, jumladan:

Zavodning markaziy laboratoriyasi
Administrativ boshqaruv markazi 
Fizik-kimyoviy tahlillar markazi
Neft mahsulotlarini motor usulida sinash laboratoriyasi va
"Sho'rtan gaz-kimyo" majmuasida bo'lib, ularning faoliyati bilan tanishishdi.

"Uzbekistan GTL" zavodining Administrativ boshqaruv markazida "Yangi O'zbekiston" talabalari uchun alohida xona ajratiladi. Talabalar bu yerda amaliy mashg'ulotlar o'tashlari mumkin. 

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan bunday imkoniyat ilk bora taqdim etilmoqda.