VAʼDA QILINGAN 1000 TA KITOB BERILDI

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Nurafshon shahridagi Prezident maktabiga O‘zbekiston xalq shoiri - Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston xalq shoiri - Mahmud Toir hamda Qoraqalpoq xalq shoiri Rustam Musurmonlar kelishdi.

Uchrashuvda ustoz shoirlar bilan ochiq muloqot bo‘ldi, iqtidorli o‘quvchilar qalamiga mansub sheʼrlar ham tinglandi. 

Uchrashuv davomida maktab ochilishida vaʼda qilingan 1000 ta kitob maktab kutubxonasiga sovg‘a qilindi.