Vengriya elchisi Dyula Kovach Prezident taʼlim muassasalari agentligida bo‘ldi

Mehmonlar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ekskursiya tashkil etildi. Maktab faoliyati, o‘quvchilarning loyihalari bilan tanishtirildi.

Vengriyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabidagi sharoitlarni yuqori baholab, Agentlik tizimidagi maktablarda zamonaviy bilimlar berilishi, yoshlarning intilishlari chuqur taassurot qoldirganini bildirdi.

Dyula Kovach Agentlik faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, istiqbolda Vengriya elchixonasi Agentlik bilan hamkorlikda taʼlim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini taʼkidlab o‘tdi.