XALQARO FORUMGA TASHRIF BUYURGAN MUTAXASSISLAR BILAN SUHBATNI DAVOM ETTIRAMIZ (VIDEO)

Martin Seviour,
Nottingham Trent universiteti PEAP (Akademik maqsadlar uchun yo’naltirilgan ingliz tili) dasturi rahbari

- Biz mazkur xalqaro ta'lim forumi doirasida o'zaro fikr almashishga muvaffaq bo'ldik. Aytish mumkinki, forum juda yaxshi tashkil etilgan, xalqaro darajaga ega.

- Tadbir so'ngida Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan o'zaro anglashuv memorandumini imzolab, kelajakdagi hamkorlik masalalarini kelishib olganimizni alohida ta'kidlab o'tmoqchiman.

- Biz Agentlik bilan Agentlik tizimidagi maktablarning ingliz tili o'qituvchilari uchun kasbiy rivojlantirish kurslarini tashkil etish, xususan EAP (English for Academic Purposes) yuzasidan hamkorlik qilish niyatidamiz.

-O'zbekistonga ilk bora 1994-yilda kelganman, hozirda shu vaqt mobaynida sodir bo'lgan o'zgarishlarga guvoh bo'lib turibman. (Video)