Moskvaning Skolkovo boshqaruv maktabining rektori Yuriy Levin boshchiligidagi delegatsiyasi Prezident ta’lim muassasalari agentligida bo‘ldi

Uchrashuv avvalida Agentlik va Skolkovo boshqaruv maktabi faoliyatiga bag’ishlangan taqdimotlar bo’lib o’tdi. 

Tomonlar o’zaro qo'shma ta'lim loyihalari, xususan Agentlik tasarrufidagi maktablar va  “Yangi O‘zbekiston” universiteti doirasida hamkorlikni yo’lga qo’yish istiqbollarini muhokama qilishdi. 

Shuningdek, mehmonlar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ekskursiya tashkil etilib, maktab faoliyati, o’quvchilarning loyihalari bilan tanishtirildi.