Xalqaro matematika olimpiadasida o’quvchilarimiz 3 ta bronza medalni qo’lga kiritdi

📣XUSHXABAR

Xalqaro olimpiadadan yana 3 ta medal

Xalqaro matematika olimpiadasida o’quvchilarimiz 3 ta bronza medalni qo’lga kiritdi (https://t.me/uzedu/22290)

📍 Joriy yilning 5-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o’quvchilari ishtirok etgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) 3 nafar o’zbekistonlik o’quvchi bronza medallarini qo’lga kiritdi.

Ushbu g'olib o‘quvchilar bilan tanishing:

🥉Ozodbek Axtamov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi  9-sinf o‘quvchisi;

🥉Anvarbek Raxmatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

🥉Anvarbek Sadulloyev - Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga (https://lex.uz/docs/-4320713) muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.

❗️Eslatib o’tamiz, o’zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 🥈10 ta kumush va 🥉32 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.

Terma jamoamiz a’zolarini g’alaba bilan qutlab, omad va zafarlar tilab qolamiz!