Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi ishtirokchilari uchun maʼnaviy tadbirlar doirasida poytaxt bo‘ylab sayohat tashkil etildi

Bugun Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi ishtirokchilari uchun maʼnaviy tadbirlar doirasida poytaxt bo‘ylab sayohat tashkil etildi.

Delegatsiya vakillari Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuida bo'lishdi.
____
Mila Grgurić , Xorvatiya terma jamoasi a'zosi:

- Men 4 kundan buyon Toshkentdaman. Bu shaharning arxitekturasi, muzeylari, ayniqsa Shahidlar xotirasi majmui menda ulkan taassurot qoldirdi. 

Xususan, shaharning boy tarixga ega muzeylari va chiroyli binolarini aylanish menda katta qiziqish uyg‘otdi.

Aytib o‘tishim kerak,  O‘zbekistonga ilk bora kelishim va bu mamlakatni o‘zim uchun kashf qilayotganimdan mamnunman".