“Xalqaro munosabatlar, iqtisod va siyosat” klubi a’zolari tomonidan “Turkiy davlatlar tashkiloti” haqida o‘quvchi va o‘qituvchilarga qiziqarli ma’lumotlar berildi

Termiz shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan  “Xalqaro munosabatlar, iqtisod va siyosat” klubi a’zolari tomonidan “Turkiy davlatlar tashkiloti” haqida o‘quvchi va o‘qituvchilarga qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Taqdimotda tashkilotning tarixi va bugungi geosiyosiy ahamiyati, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvi tafsilotlariga alohida eʼtibor qaratildi. 

Taqdimot davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida  iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, innovatsiya, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va  boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish, Tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama qilinganligi klub a'zolari tomonidan ta’kidlab o’tildi.