Xatirchi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi GMAT dan 50 ballni qo‘lga kiritdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xatirchi tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi Ilhom Baxromov xalqaro GMAT (Graduate Management Admission Test) imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tib, maksimal 51 balldan 50 ballni qo‘lga kiritdi. 

Ma’lumot uchun, GMAT (Graduate Management Admission Test) - biznes maktablarida muvaffaqiyatli o‘qish qobiliyatini aniqlash uchun standartlashtirilgan testdir. 

GMAT butun dunyodagi eng obro‘li biznes maktablari tomonidan tanlov mezonlaridan biri sifatida, ko‘pincha MBA dasturiga kirish uchun qo‘llaniladi.

Ustozimizga kelgusidagi kasbiy faoliyati davomida ham omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!