XIVA SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI TASHKIL QILINGANLIGIGA 3 YIL TO'LDI!

2-dekabr kuni Xiva shahridagi Prezident maktabi tashkil qilinganligiga 3 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan "Maktabimiz 3 yoshda" deb nomlangan bayram tadbiri tashkil qilindi.

Tadbir serjilo raqslar va ohanrabo kuy-qo‘shiqlarga boy tarzda o‘tdi. Shuningdek, o'quvchilar va maktab xodimlari tomonidan ham qiziqarli shartlar bajarildi.