XORAZM VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI XIVA SHAHAR 1-SONLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

📣 XORAZM VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI XIVA SHAHAR 1-SONLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

⚡️ Tadbirda Xiva shahar hokimi T.Davletov hamda nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

🔹 Xiva shahrida joylashgan oldingi Bolalar shaharchasi yangidan rekonstruksiya qilinib, qo'shimcha 330 o‘rinli bino qurilib ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etildi va o‘quvchilar taʼlim olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi. 

 Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinf xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

✔️ Bu taʼlim dargohiga Xorazm viloyatining barcha hududlaridan 5-11-sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga qabul qilindi. Yangi taʼlim muassasasida ishlash uchun 27 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.

🟢 Ayni paytda mazkur maktab-internatda 168 nafar oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olishmoqda.