YANA BIR MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida Oqqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktabni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayev hamda Oqqo‘rg‘on tumani hokimi  Alisher Karimjonov va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu maktab aniq fanlarga ixtisoslashgan bo‘lib, 336 o‘ringa mo‘ljallangan.