YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR UCHUN HAM AMALIYOTGA ASOSLANGAN DARSLAR TASHKIL ETILMOQDA!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jarqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchilari "Surxonsementinvest" qo'shma korxonasida bo'lishdi. 

O'quvchilar bu yerdagi ishlab chiqarish jarayonlari va korxona mahsulotlarini eksport qilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. 

Shu bilan birga qo'shma korxona haqidagi qiziqarli ma'lumotlar va qo'shma korxonaning boshqaruv ma'muriyati bilan suhbat jarayoni o'quvchilarda katta taasurot qoldirdi.