YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣 DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Prezident, Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 9-18-sentabr kunlari bo'lib o'tadi. 

⏰ Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
➖ o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
➖mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
➖ shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;
➖ oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (ESLATMA: Agar xorijiy OTMlarini tamomlagan boʻlsangiz diplomingiz nostrifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatni ham ilova qilish shart);
➖ nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
➖ IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

✅ Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
➖ halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
➖ liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
➖ zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)