“Yangi O‘zbekiston” universiteti “Springer Nature” ma'lumotlar bazasidan foydalanish imkoniga ega

Dunyoda eng yirik hisoblangan Springer Nature ta’lim texnologiyalari kompaniyasi “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari uchun ta’lim platformasidan foydalanish bo‘yicha vebinar o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: “Springer” ta’lim platformasi orqali 280 mingdan ziyod kitoblar, 3 mingdan ortiq ilmiy jurnallar hamda ko‘plab ilmiy maqolalar va tadqiqotlar natijalari qayd etilgan protokollarning original nusxalarini yuklab olish imkoni mavjud.

Bugungi kunda, “Yangi O‘zbekiston” universitetining professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari hamda talabalari ushbu ta’lim platformasidan mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin.

Endigi galda, bu kabi seminarlarni talabalar uchun ham tashkil etib borish rejalashtirilmoqda.