“Yangi O‘zbekiston” universitetida Google Developer Groups devfest-2022 yuqori shukuhda o‘tmoqda!

“Yangi O‘zbekiston” universitetida Google Developer Groups devfest-2022 yuqori shukuhda o‘tmoqda!

Tadbirni ochib berish uchun Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova so‘zga chiqdi. 

 Agentlik direktori o‘z nutqida yoshlarimizning IT ga qiziqishini yuqori baholab, kun davomida salohiyatli xorijiy va mahalliy spikerlarning mahorat darslarida qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida xorijiy va mahalliy spikerlar turli mavzularda o‘z chiqishlarini davom ettirishdi.