“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Qishki maktab” loyihasiga qabul boshlanmoqda

Yuqori sinf o‘quvchilari diqqatiga!

“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Qishki maktab” loyihasiga qabul boshlanmoqda. 
🔹“Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan tanishish; 
🔹o‘zini talaba sifatida sinab ko‘rish; 
🔹yangi yilda dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish; 
🔹chet ellik va mahalliy professorlardan mahorat darslarini tinglash; 
🔹o‘zi uchun kelajakda foydali tavsiyalar olish xohishida bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilarini “Qishki maktab” loyihasiga taklif etamiz. 

“Qishki maktab” loyihasida qatnashish uchun sizdan nimalar talab etiladi?

O‘zingiz haqingizda umumiy ma’lumotlarni va  “What makes you feel inspired?” mavzusida qisqa motivatsiya xatini havola orqali to‘ldiring:

 Batafsil

 Ariza topshirish muddati: 26-dekabr 23:59 gacha
 27-dekabr kuni javoblar e'lon qilinadi