"Yangi O‘zbekiston" universiteti fakultetlari

"Yangi O‘zbekiston" universiteti talabalari dunyoda eng yirik sohalar-Kimyo muhandisligi, Mexanika muhandisligi va Dasturiy ta’minot muhandisligi yo‘nalishlarida bilim olishadi.

Fakultetlar haqida qisqacha:

 Kimyo muhandisligi fakultetida talabalar yetakchi va zaruriy sohalardagi (Molekulyar transformatsiyalarni yaratish qobiliyati, iqlim o'zgarishidan tortib toza energiya, havo va suvgacha) global muammolarga yechim ishlab chiqishda ishtirok etadigan kadrga aylanishadi.

 Mehanika muhandisligi fakulteti talabalarni yirik sohalarda (avtomobilsozlik, isitish va sovutish, ishlab chiqarish va aviatsiya) o‘z kelajagini qurishiga asos yaratadi.  Universitetda o'z kasbining mohir mutaxassislari, sanoat va tadqiqotda boy tajribaga ega bo'lgan akademiklar dars berishadi. Har bir talabani qo'llab-quvvatlash, yo‘l ko‘rsatish hamda u  bilan ishlash uchun alohida ustoz biriktiriladi, ya’ni ustoz-shogird tizimi amal qiladi.

 Dasturiy ta’minot muhandisligi ilmiy va texnik jihatdan muhim bo'lganligi sababli, maxsus bilim va tajriba talab qiladi. "Yangi O’zbekiston" universitetida talabalar o‘z dizaynlarini ishlab chiqish hamda turli prototiplar yaratishi mumkin. Ularning nazariy bilimlarni muhandislik masalalarida qo'llashdagi amaliy imkoniyati yuqori. Shundan kelib chiqib, darslarda muhandislik dizayni va modellashtirishga katta e’tibor qaratiladi.