"YANGI O'ZBEKISTON" UNIVERSITETI VA  J-WELga A'ZO UNIVERSITETLARNING ONLAYN UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI 

"Yangi O'zbekiston" universitetining o'quv ishlari bo'yicha prorektori Elyorjon Jumayev hamda Massachusetts Texnologiyalari Instituti  J-WEL tashkilotiga a'zo boʻlgan 70 ga yaqin davlatlar universitet rektor va prorektorlari onlayn uchrashishdi. 

 Uchrashuv davomida:
- MIT J-WELga a'zo universitetlar o'rtasida o'zaro aloqalarni yo'lga qo'yish; 
- universitetlararo umumiy yillik yo'l xaritasini yaratish;
- yillik MIT tadbirlarini o'zaro bog'lash;
- o'quv dasturlarini shakllantirish bilan bog'liq ko'nikmalar ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

Ma'lumot o'rnida, o'zaro fikr almashish, soha mutaxassislari va innovatorlardan ta'lim, o'qitish va o'rganish sohalarini yaxshilashga qaratilgan onlayn uchrashuvlar 1-aprelga qadar davom etadi.