Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarga start berildi

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarga start berildi

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan yurtimizning har bir viloyat markazida seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova videomurojaat orqali ishtirokchilarni tabrikladi va ularga omad tiladi.

Ushbu seminar treninglar yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga qabul qilingan o‘qituvchilar uchun maxsus tashkil etilgan. Unda dars o‘tish metodikasi, yangi baholash tizimi kabi mavzularda so‘z bormoqda.

Unda ixtisoslashtirilgan maktablarning barcha fan o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish dasturlari tashkil etilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar hududlar kesimida 25-26-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.