YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH - USTUVOR VAZIFA

Agentlik tizimidagi Samarqand viloyati hududiy bo‘limi, Kattaqo‘rg‘on shahar ixtisoslashtirilgan maktabi va Mudofaa Vazirligiga qarashli harbiy qism o‘rtasida memorandum imzolandi.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kattaqo‘rg‘on shahar ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchilari bilan Kattaqo‘rg‘on shahardagi harbiy qismda sayohat tashkil qilindi. 

O‘quvchilar harbiylarga yaratilgan shart sharoitlar, o‘quv xonalar va sport mashg‘ulot zallari, elektron kutubxonalar va harbiy texnikalar, o‘quv markaz va muzey bilan yaqindan tanishishdi.