“Young Scientists Alumni Reunion 2022” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirok etdi

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabining ijrochi direktori Doniyor Ahmadaliyev “Young Scientists Alumni Reunion 2022” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirok etdi. 

Mazkur davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi. 

Unda Doniyorbek Ahmadaliyev “CO ni oksidlash va optimal katalizatorlar yaratishda machine learning‘dan foydalanish mavzusida taqdimot qildi.

Shuningdek, Doniyorbek Ahmadaliyev O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, yosh olimlarni ilmiy stajirovkalarga yuborish bo’yicha o‘tkaziladigan tanlovlarning Yaqin Sharq mamlakatlari bo’yicha koordinatori etib tayinlandi.