Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishi e’lon qilindi.

Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishi e’lon qilindi.

 (https://t.me/Press_Secretary_Uz/3344)Oliygohga kirishga ishtiyoqi bor bo‘lgan 10-11-sinf o‘quvchilariga "kimyo – biologiya", "matematika – fizika", "matematika – chet tili", "ona tili va adabiyot – chet tili" fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o‘qitiladi.

Kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga esa maktabning o‘zida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga sentyabrdan boshlab ushbu tajribani salohiyati va tayyorgarligi bor 135 ta maktabda yo‘lga qo‘yish topshirildi. Kelgusi o‘quv yilidan kamida 1 mingta maktab ushbu tizimga o‘tkaziladi.

Darslarning mazmuni ham o‘zgarishi ta’kidlandi. Bunda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi.

Shuningdek, bu yil maktab darsliklariga byudjetdan 920 milliard so‘m ajratildi, boshlang‘ich sinflar uchun to‘liq yangi darsliklar ishlab chiqildi.

Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan darsliklarning ikkinchi qismini ham to‘liq hajmda chop etishga topshiriq berildi.